“PAYSHANBA — YOSHLAR KUNI” DOIRASIDA “RAHBAR VA YOSHLAR” UCHRASHUVI
2026-09-03 16:00:00 / Yangiliklar

Uchrashuv davomida Sharof Rashidov tumani IIB hamda sport maktabi rahbariyati dzyudo, futbol, boks, ushu, qo‘l jangi, yengil atletika, voleybol va tennis to‘garaklarida shug‘ullanib, yuqori natijalarga erishib kelayotgan yosh chempionlar va havaskor sportchilarning mashg‘ulotlarini kuzatdi.
Ayniqsa, dzyudo va ushu bilan shug‘ullanayotgan yosh sportchilar yakkama-yakka bellashuvlarda jang san’ati bo‘yicha o‘z mahoratlarini namoyish etdilar. Qizg‘in kechgan bellashuvlar tashrif buyurgan rahbarlarda iliq taassurot qoldirdi.
Mashg‘ulotlar yakunida sportchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning erishayotgan yutuqlari, mavjud muammolari va takliflari tinglandi.
Tadbir so‘ngida sport maktabi rahbariyati tashabbusi bilan “Tashabbusli budjet”ning 2026-yilgi birinchi mavsumida g‘olib deb topilgan, qiymati 1 milliard 550 million so‘m bo‘lgan “Tennis korti va universal sport maydoni majmuasini tashkil etish” loyihasi doirasida olib borilayotgan qurilish-muhandislik ishlari bilan tanishildi.









