Sharof Rashidov tumanida fuqarolar qabuli o‘tkazilmoqda
2026-08-26 15:10:00 / Yangiliklar

Sharof Rashidov tumani Xalq qabulxonasida tasdiqlangan reja-grafik asosida tuman hokimining o‘rinbosarlari tomonidan fuqarolar qabuli o‘tkazilmoqda.
Qabul davomida fuqarolarning turli masalalarga oid murojaatlari tinglanib, tegishli mutasaddilar ishtirokida atroflicha o‘rganilmoqda. Ularni qonunchilik talablari asosida hal etish yuzasidan zarur choralar belgilanib, ijrosi nazoratga olinmoqda.
Aholi murojaatlarini tezkor va samarali hal etish hamda xalq bilan ochiq muloqotni ta’minlash borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.


