Sharof Rashidov tumanida fuqarolar qabullari o‘tkazildi
2026-08-19 11:00:00 / Yangiliklar

Hafta davomida Sharof Rashidov tumani Xalq qabulxonasida tasdiqlangan reja-grafikka muvofiq tuman hokimi Asilbek Ashurov hamda hokim o‘rinbosarlari tomonidan fuqarolar qabullari o‘tkazildi.
Qabullar davomida fuqarolarning murojaatlari tinglanib, ularda ko‘tarilgan masalalar tegishli soha mutasaddilari ishtirokida atroflicha ko‘rib chiqildi. Vakolat doirasidagi masalalar yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berilib, amaliy yordam ko‘rsatildi.
Qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan murojaatlar bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi hamda ularning o‘z vaqtida va sifatli ijro etilishi nazoratga olindi.

