Sharof Rashidov tumanida fuqarolar qabuli o‘tkazilmoqda
2026-08-07 09:50:00 / Yangiliklar
Sharof Rashidov tumani Xalq qabulxonasida tasdiqlangan reja-grafik asosida tuman hokimining o‘rinbosarlari tomonidan fuqarolar qabuli muntazam ravishda o‘tkazib kelinmoqda.

Qabullar davomida fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan murojaatlar tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha atroflicha o‘rganilib, ularni qonunchilik talablari asosida hal etish yuzasidan zarur choralar ko‘rilmoqda. Har bir murojaat ijrosi mas’ul hokim o‘rinbosarlari tomonidan nazoratga olinib, mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda o‘z vaqtida ijrosi ta’minlanmoqda.
Fuqarolar murojaatlari bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish, aholini o‘ylantirayotgan masalalarni tezkor va samarali hal etish hamda davlat organlari faoliyatining ochiqligi va xalq bilan muloqotini ta’minlash borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.



