SHAROF RASHIDOV TUMANI HOKIMLIGI TOMONIDAN QONUNCHILIK HUJJATLARI VA TOPSHIRIQLAR IJROSINI TASHKIL ETISH YUZASIDAN JAMOATCHILIKKA HISOBOT
2026-07-31 19:00:00 / Rahbariyatning bayonotlari va nutqlari
SHAROF RASHIDOV TUMANI HOKIMLIGI TOMONIDAN QONUNCHILIK HUJJATLARI VA TOPSHIRIQLAR IJROSINI TASHKIL ETISH YUZASIDAN JAMOATCHILIKKA HISOBOT
Nazorat bor ekan ijrosi albatta samarali bo‘ladi.
Sharof Rashidov tumani hokimligi har oy o‘z faoliyatida ijro intizomi to‘g‘risidagi hisobotini jamoatchilik e’tiboriga havola etish maqsadga muvofiq deb biladi.
Tuman hokimligi 2026 yilning iyul oyi davomida “Edo.ijro.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi orqali kelib tushgan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi yuzasidan bir qator ishlarni amalga oshirib kelmoqda.
Xususan:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon, qaror, farmoyish hamda yig‘ilish bayonlaridagi mas’ullikdagi jami 226 ta topshiriqlardan 225 tasining ijrosi to‘liq va sifatli bajarilgan.
Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 30 yanvardagi “2026–2027 yillarda Jizzax viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni jadallashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PQ-35-son qaroridagi Sharof Rashidov tumaniga berilgan 108 ta topshiriqlarning 14 tasi ijrosi ta’minlanib 94 tasi ijrosi yuzasidan amamliy ishlar boshlangan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezident Admenstratsiyasining joriy yilning may oyidagi 40 ta topshiriqlaridan 37 tasining ijrosi sifatli bajarildi.
Viloyat hokimining 2026 yilda bajarish zarur bo‘lgan jami 106 ta topshiriqlari tuman hokimligiga ijro uchun kelib tushgan. Vazifalarning 30 tasi to‘liq barilib, 74 tasi ijrosini sifatli bajarish yuzasidan amaliy ishlar olib borilmoqda.
Mazkur topshiriqlarning ijrosini ta’minlash bo‘yicha kunbay kalendar grafik ishlab chiqildi. Shuningdek, tuman hokimining o‘rinbosarlari va tegishliligi bo‘yicha tuman korxona hamda tashkilotlar kesimida ijroga qaratildi.
“Edo.ijro.uz” ijro intizomi idoralararo elektron tizimiga kiritilgan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlari tuman hokimligi tomonidan belgilangan muddatlarda va puxta bajarilishini ta’minlash maqsadida oldindan eslatish, ogohlantirish tizimi yo‘lga qo‘yilgan.
Ijro intizomini kuchaytirish maqsadida haftaning har dushanba kunlari Sharof Rashidov tumani hokimi rahbarligida, haftaning har juma kunlari hokimning birinchi o‘rinbosari huzurida ijro intizomi holati tanqidiy muhokama qilib kelinmoqda. Shu munosabat bilan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Prezident Administratsiyasi hamda Vazirlar Mahkamasining hujjatlari va topshiriqlari ijrosi kunbay, soatbay qat’iy nazorat qilinmoqda.
Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlari ijrosini ta’minlash barcha rahbarlarning eng muhim va birinchi galdagi vazifasi hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan, tuman hokimi rahbarligida topshiriqlarning o‘z vaqtida bajarilishi, mustahkam ijro intizomiga amal qilinishi doimiy ravishda nazorat qilib borilmoqda.
Sharof Rashidov tumani hokimligi
