Payshanba yoshlar kuni
2026-07-23 17:20:00 / Yangiliklar

Sharof Rashidov tumani hokimi Asilbek Ashurov hamda tuman IIB boshlig‘i J. Karimov tomonidan yoshlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish va zamonaviy yondashuvlarni joriy etish maqsadida Bobur, Oqtoshota, Qorayontoq hamda Fayzobod mahallalarida o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish davomida yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, mavjud sport obyektlarining holati, xorijiy tillarni o‘rgatuvchi o‘quv markazlarini tashkil etish, aholi va yoshlarning mazmunli dam olishi uchun istirohat bog‘i barpo etish, zamonaviy kitob do‘konini ochish hamda davlat-xususiy sheriklik asosida qurilayotgan 13-sonli madaniyat markazi qurilishi ishlarini jadallashtirish masalalari joyida ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, aholini uzoq yillardan buyon qiynab kelayotgan dolzarb muammolar ham atroflicha o‘rganildi. O‘rganishlar yakunida kun tartibidagi masalalar yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilab olinib, ularni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish bo‘yicha tegishli mas’ullarga topshiriqlar berildi.







