#Payshanba_Yoshlar_kuni
2026-07-23 15:15:00 / Yangiliklar

Uchrashuvda tuman IIB boshlig‘i J. Karimov, hokim o‘rinbosarlari, Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi, tuman Yoshlar ishlari agentligi rahbari, Bobur, Fayzobod, Qorayontoq va Oqtoshota mahallalari “mahalla yettiligi” a’zolari hamda 3-, 30-, 35- va 55-sonli umumta’lim maktablarining bitiruvchi yoshlari ishtirok etdi.
Ochiq muloqot davomida yoshlarni oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga tayyorlash, zamonaviy kasb-hunarlarni egallash, tadbirkorlikni rivojlantirish, mahallalarda o‘quv markazlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish, kitobxonlik va sportni rivojlantirish, maktablarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash hamda o‘quvchilarga kasb-hunar o‘rgatish tizimini takomillashtirish, shuningdek, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish masalalari yuzasidan taklif va mulohazalar tinglandi.
Tuman hokimi tomonidan barcha murojaat va takliflar nazoratga olinib, ularni bosqichma-bosqich hal etish yuzasidan mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berildi.








