SHAROF RASHIDOV TUMANIDA YOSHLAR MASALALARI BO‘YICHA RESPUBLIKA ISHCHI GURUHINING SAYYOR QABULI O‘TKAZILDI
2026-07-18 15:30:00 / Yangiliklar

Unda Sharof Rashidov tumani hokimi, Respublika ishchi guruhi a’zolari, tegishli mutasaddi tashkilotlar rahbarlari hamda tumandagi yoshlar ishtirok etdi.
Qabul davomida yoshlar bandligini ta’minlash, ishga joylashish, imtiyozli kreditlar ajratish, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish, kasb-hunar egallash va boshqa dolzarb masalalar yuzasidan o‘z taklif hamda murojaatlarini bildirdilar.
Murojaatlarning bir qismi joyida ijobiy hal etildi. Qo‘shimcha o‘rganish talab etadigan masalalar esa mas’ul tashkilotlar ishtirokida nazoratga olinib, ularni belgilangan muddatlarda hal etish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi.
Bunday sayyor qabullar yoshlarning muammo va tashabbuslarini bevosita tinglash, ularni qo‘llab-quvvatlash hamda hayotga tatbiq etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.






