Payshanba – Yoshlar kuni
2026-07-09 16:05:00 / Yangiliklar
Nonisangil mahallasida ilk bor zamonaviy o‘quv markazi faoliyat boshladi
Sharof Rashidov tumanining chekka hududlaridan biri bo‘lgan Nonisangil mahallasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan “Ko‘mak” loyihasi doirasida “Odil Ta’lim” o‘quv markazi foydalanishga topshirildi.

Tadbirda Sharof Rashidov tumani hokimi Asilbek Ashurov, nuroniylar, mahalla faollari, yoshlar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Yangi tashkil etilgan o‘quv markazi yoshlarning zamonaviy bilim va kasbiy ko‘nikmalarni egallashi, xorijiy tillarni o‘rganishi, intellektual salohiyatini rivojlantirishi hamda kelgusida raqobatbardosh mutaxassis bo‘lib voyaga yetishiga xizmat qiladi.
Markazda zamonaviy o‘quv xonalari va sifatli ta’lim olish uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratilgan bo‘lib, ushbu maskan mahalladagi yoshlarning bilim olishi va bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishda muhim o‘rin tutadi.









