Sharof Rashidov tumani hokimining davlat xizmatchilariga murojaati
2026-07-09 15:55:00 / Yangiliklar

Shu bois har bir davlat xizmatchisi o‘z xizmat vazifalarini yuksak mas’uliyat, halollik va vijdon bilan bajarishi, xalq manfaatlarini hamma narsadan ustun qo‘yishi, qonunlarga qat’iy rioya etishi hamda xizmat faoliyatida manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymasligi lozim.
Ayniqsa, davlat xaridlari, byudjet mablag‘laridan samarali foydalanish, davlat mulkini boshqarish, kadrlar bilan ishlash, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish hamda davlat xizmatlarini ko‘rsatish jarayonlarida shaffoflik, xolislik va qonuniylik tamoyillariga qat’iy amal qilish har bir rahbar va xodimning asosiy burchidir.
Korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lish, noqonuniy manfaat yoki bosimlarga qat’iy rad javobini berish, bunday holatlar aniqlangan taqdirda esa belgilangan tartibda tegishli vakolatli organlarga o‘z vaqtida xabar berish har bir davlat xizmatchisining fuqarolik va kasbiy mas’uliyatidir.
Hurmatli hamkasblar!
Oldimizda turgan eng muhim vazifalardan biri — fuqarolarga sifatli, tezkor va adolatli davlat xizmatlarini ko‘rsatish, ularning davlat idoralariga bo‘lgan ishonchini yanada mustahkamlash hamda “Halollik — eng oliy qadriyat” tamoyilini kundalik faoliyatimizning ajralmas mezoniga aylantirishdir.
Barchangizni xizmat vazifalaringizni sidqidildan bajarishga, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonun hujjatlariga so‘zsiz rioya etishga, korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga nisbatan murosasiz bo‘lishga, xizmat intizomi va kasb odobi qoidalariga qat’iy amal qilishga chaqiraman.
Ishonchim komilki, halol mehnat, yuksak mas’uliyat va fidoyilik bilan Sharof Rashidov tumanining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga munosib hissa qo‘shamiz hamda xalqimizning yuksak ishonchini oqlaymiz.
Hurmat bilan,
Asilbek Ashurov
Sharof Rashidov tumani hokimi
