Takroriy ekish tajribasi — paxtachilikda yangi imkoniyatlar sari
2026-07-03 17:00:00 / Yangiliklar

Mazkur loyiha doirasida 33 gektar maydonda xitoylik hamkorlar bilan hamkorlikda takroriy paxta ekilgan bo‘lib, oradan qisqa muddat o‘tganiga qaramay, nihollarning unib chiqishi va rivojlanishi agrotexnik tadbirlar talab darajasida olib borilayotganini ko‘rsatmoqda.
Takroriy ekin sifatida paxta yetishtirish bo‘yicha bunday tajribalar mamlakatimiz qishloq xo‘jaligida yangi imkoniyatlarni yuzaga chiqarishi mumkin. Bunda agrotexnik tadbirlarni ilmiy tavsiyalar asosida, o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish, xususan sug‘orish, oziqlantirish hamda parvarish ishlarini to‘g‘ri tashkil etish muhim ahamiyat kasb etadi.
Tajriba maydonidagi dastlabki natijalar ijobiy baholanmoqda. Ushbu loyiha O‘zbekiston sharoitida takroriy paxta ekish imkoniyatlarini ilmiy-amaliy jihatdan o‘rganish, samarali agrotexnologiyalarni amaliyotga keng joriy etish hamda paxtachilik tarmog‘ida hosildorlikni oshirish bo‘yicha muhim tajriba vazifasini o‘tashi kutilmoqda.
Shuningdek, tajriba jarayonlarini ilmiy yondashuv asosida davom ettirish, barcha agrotexnik tadbirlarni belgilangan muddatlarda bajarish hamda olingan natijalarni muntazam tahlil qilib borish bo‘yicha mutaxassislar va fermerlar tomonidan zarur ishlar olib borilmoqda.
Ilm-fan, innovatsion yondashuv va amaliy tajribaning uyg‘unligi paxtachilikni yanada rivojlantirish, tarmoq samaradorligini oshirish va yuqori natijalarga erishishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.





