National AI Hackathon | Jizzax | Final
2026-07-02 17:55:00 / Yangiliklar

Finalda sun’iy intellektga asoslangan innovatsion loyihalari bilan ishtirok etgan eng kuchli jamoalar o‘zaro bellashib, hakamlar hay’ati tomonidan baholandi.
Quvonarlisi, Sharof Rashidov tumani yoshlari ushbu nufuzli tanlovda yuqori natijalarni qo‘lga kiritishdi.
Tadbirkorlik yo‘nalishi bo‘yicha:
1-o‘rin — Sharof Rashidov tumanining “Yosh tadbirkorlar” jamoasi;
2-o‘rin — Sharof Rashidov tumani yoshlarining “Aletis” jamoasi.
Ta’lim va tibbiyot yo‘nalishi bo‘yicha esa Sharof Rashidov tumani yoshlari munosib ishtirok etib, 2-o‘rinni egallashdi.
Mazkur natijalar tuman yoshlarining zamonaviy texnologiyalar, sun’iy intellekt va innovatsion loyihalar yaratish borasidagi salohiyati tobora yuksalib borayotganini yana bir bor namoyon etdi.
Sharof Rashidov tumani yoshlari va g‘olib jamoalarni erishilgan yutuqlar bilan samimiy tabriklaymiz hamda kelgusidagi nufuzli tanlov va musobaqalarda ularga yanada ulkan zafarlar tilaymiz!





