Sharof Rashidov tumani Xalq qabulxonasida fuqarolar qabuli o‘tkazildi
2026-06-23 10:00:00 / Yangiliklar
Sharof Rashidov tumani hokimi birinchi o‘rinbosari Maruf Ergashev ishtirokida Xalq qabulxonasida navbatdagi fuqarolar qabuli tashkil etildi.

Qabul davomida aholi bilan ochiq va samimiy muloqot o‘rnatilib, fuqarolarni qiynayotgan masalalar tinglandi hamda ularning yechimi yuzasidan zarur choralar belgilandi.
Xususan, infratuzilmani yaxshilash, bandlikni ta’minlash, ijtimoiy yordam va boshqa yo‘nalishlarga oid murojaatlar ko‘rib chiqildi. Har bir murojaat atroflicha o‘rganilib, tegishli mutasaddi rahbarlarga ijrosini ta’minlash bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.
Fuqarolar bilan bunday ochiq muloqotlar aholining muammolarini o‘z vaqtida hal etish, davlat organlariga bo‘lgan ishonchni mustahkamlash hamda hududlarni kompleks rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.





