Payshanba — Yoshlar kuni
2026-06-18 11:30:00 / Yangiliklar

Uchrashuv davomida shaxmat-shashka, xorijiy tillar va tikuvchilik yo‘nalishlarida faoliyat yuritayotgan yoshlarning bilim va ko‘nikmalari, erishayotgan yutuqlari hamda kelgusidagi rejalari bilan tanishildi. Yoshlar o‘zlarini qiziqtirayotgan masalalar yuzasidan fikr-mulohazalari, taklif va tashabbuslarini bildirdilar.
Samimiy muloqot tarzida kechgan uchrashuvda yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning intellektual salohiyatini yuksaltirish, zamonaviy kasb-hunar va xorijiy tillarni o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, yoshlar tomonidan ilgari surilgan taklif va tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash, ularning iste’dod va qobiliyatlarini yanada rivojlantirish hamda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish yuzasidan tegishli vazifalar belgilandi.



