Sharof Rashidov tumanida “Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari – 2026” kasbiy mahorat milliy tanlovining tuman bosqichi muvaffaqiyatli yakunlandi
2026-06-12 10:00:00 / Yangiliklar
Tanlov davomida yoshlar elektromontaj, payvandlash texnologiyasi, santexnika, tibbiy va ijtimoiy g‘amxo‘rlik, quruq qurilish va suvoq ishlari, sartaroshlik, avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish, moda texnologiyalari, oshpazlik hamda kompyuter grafikasi kabi yo‘nalishlarda o‘z bilim va ko‘nikmalarini namoyon etdilar.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha eng yuqori natijalarni qayd etgan ishtirokchilar g‘olib deb topilib, Sharof Rashidov tumani hokimi Asilbek Ashurov hamda DXX tuman bo‘limi rahbariyati tomonidan munosib taqdirlandilar.
G‘oliblarga viloyat bosqichida ham ulkan zafarlar va yangi yutuqlar tilaymiz.









