Payshanba — Yoshlar kuni
2026-06-11 11:00:00 / Yangiliklar

Uchrashuv davomida iqtidorli yoshlar hamda startapchilar o‘zlari ishlab chiqqan innovatsion g‘oya va loyihalar yuzasidan taqdimotlar o‘tkazib, ularni amalga oshirish istiqbollari haqida ma’lumot berdilar. Rahbarlar tomonidan yoshlarning tashabbuslari qo‘llab-quvvatlanib, ularga zarur tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
Tadbir yakunida Sharof Rashidov tumanidagi 31-sonli umumta’lim maktabining 6-sinf o‘quvchisi Shamshodbek Xudoyberdiyev Janubiy Koreya tomonidan tashkil etilgan “Neobot” xalqaro tanlovida faxrli 3-o‘rinni qo‘lga kiritgani munosabati bilan tuman hokimi tomonidan munosib taqdirlandi.
Yoshlar bilan bunday ochiq muloqotlar ularning bilim va salohiyatini ro‘yobga chiqarish, yangi g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlash hamda kelajakdagi yirik loyihalarga zamin yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi.









