Payshanba — Yoshlar kuni
2026-06-04 14:05:00 / Yangiliklar
Sharof Rashidov tuman prokurori T.Bekmuratov hamda tuman IIB boshlig‘i J.Karimov tomonidan tumanda migratsiyada bo‘lgan yoshlar bilan onlayn muloqot o‘tkazildi.
Muloqot davomida xorijda mehnat faoliyati bilan band bo‘lgan yoshlarning muammo va takliflari tinglandi. Jumladan, ularning mehnat sharoitlari, huquqiy masalalar, xavfsizlik hamda vatanga qaytib kelgach ish bilan ta’minlanish bo‘yicha bildirgan fikrlari atroflicha ko‘rib chiqildi.

Mas’ullar tomonidan yoshlarning muammolarini hal etish, ularni huquqiy qo‘llab-quvvatlash hamda bandligini ta’minlash borasida tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilishi ta’kidlandi.
Shuningdek, yoshlarni vatanga qaytgach tadbirkorlik va kasb-hunarga yo‘naltirish, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ham takliflar bildirildi.
Ushbu onlayn muloqot yoshlar bilan ochiq muloqotni kuchaytirish, ularning muammolarini o‘z vaqtida hal etish hamda davlat organlari bilan hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qildi.


