Konstitutsiya —asosiy qonunimizdir
2026-05-26 16:00:00 / OCHIQ MA'LUMOTLAR
Har bir mustaqil davlatning huquqiy poydevori uning Konstitutsiyasi hisoblanadi. Konstitutsiya davlatning asosiy qonuni bo‘lib, unda mamlakatning boshqaruv tizimi, fuqarolarning huquq va erkinliklari, davlat organlarining vakolatlari hamda jamiyat hayotining muhim qoidalari belgilab qo‘yiladi. Shu bois Konstitutsiyani xalq va davlat hayotining tayanchi deyish mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 1992 yil 8 dekabr kuni qabul qilingan. Bu kun mamlakatimiz tarixida muhim sana sifatida nishonlanadi. Konstitutsiya qabul qilinishi orqali O‘zbekistonning mustaqil, demokratik va huquqiy davlat ekani mustahkamlandi. Unda inson qadri, uning huquq va manfaatlari oliy qadriyat sifatida belgilangan.
Konstitutsiyaning oliy yuridik kuchga egaligi, ustuvorligi uning muhim xususiyatidir. Yuqorida tilga olingan 4 ta xususiyatning oʻzi ham Konstitutsiyaning oliyligini koʻrsatadi. Konstitutsiya barcha qonunlardan yuqori turadi, uning normalariga boshqa qonunlar zid boʻlmasligi kerak. Konstitutsiyaning oliyligi, ustunligi uni qabul qilish va unga oʻzgartirish kiritish alohida tartibda oʻrnatilganligida ham koʻrinadi. Boshqa qonunlar oddiy koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinsa, Konstitutsiya mutlaq koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi va oʻzgartirish kiritiladi. Konstitutsiyani himoyalash, muhofaza qilishning alohida tartibi, mexanizmi oʻrnatiladi. Buning uchun hokimiyat tizimida maxsus organlar tuziladi. Masalan, Konstitutsiyaviy sud. Uning asosiy vazifalaridan biri Konstitutsiyani muhofaza qilish hisoblanadi. 5. Huquq tizimi poydevori hisoblanadi. Har bir Konstitutsiya alohida mamlakatda vujudga keladi. Uning vujudga kelish sharoitlari har xil boʻlishi mumkin. Milliy qadriyatlar, xalq oʻtmishi, madaniyati, tili ham konstitutsiyalarda aks etadi. Shuning uchun har bir mamlakatning konstitutsiyasi yuqoridagi yuridik xususiyatlarga zid boʻlmagan holda, maxsus xususiyatlarning boʻlishini ham taqozo etadi.
Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 30-apreldagi referendumda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi toʻgʻrisida”gi Konstitutsiyaviy Qonuni 1-maydan kuchga kirdi. Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Konstitutsiyasi 6 bo‘lim, 27 bob va 155 ta moddadan iborat. Shu kundan eʼtiboran boshqa qonunlar va qonunosti hujjatlarida keltirilgan normalar Konstitutsiyaga zid boʻlsa, Konstitutsiya qoidalariga muvofiq ish yuritish belgilandi.Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi Yangi Oʻzbekiston strategiyasini amalga oshirishning siyosiy-huquqiy asoslarini mustahkamlab, milliy davlatchilik taraqqiyotining tarixiy muhim bosqichida davlat va jamiyatni yanada rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini belgilab berdi.
Konstitutsiya har bir fuqaroga teng huquq va imkoniyatlar yaratadi. Masalan, bilim olish, mehnat qilish, dam olish, so‘z erkinligi, vijdon erkinligi kabi huquqlar Konstitutsiya bilan kafolatlangan. Shu bilan birga, fuqarolarning burchlari ham belgilab berilgan. Qonunlarga rioya qilish, Vatanni himoya qilish va tabiatni asrash har bir insonning burchi hisoblanadi.
Asosiy qonunimiz jamiyatda adolat va tartibni ta’minlashga xizmat qiladi. Agar Konstitutsiya bo‘lmaganida, davlat boshqaruvida aniq qoidalar bo‘lmas edi. Shuning uchun ham barcha qonunlar va qarorlar Konstitutsiyaga asoslanib qabul qilinadi.
Yosh avlod Konstitutsiyani yaxshi bilishi va hurmat qilishi kerak. Chunki huquqiy bilimli inson o‘z haq-huquqini anglaydi, jamiyatda faol va mas’uliyatli fuqaro bo‘lib voyaga yetadi.
Xulosa qilib aytganda, Konstitutsiya — davlatimiz mustaqilligi, xalqimiz huquq va erkinliklarining mustahkam kafolatidir. Uni o‘rganish va unga amal qilish har bir fuqaroning muhim vazifasidir.
Jizzax tumanlaro iqtisodiy sudi sudyasi
X.Toshpulatov
