Sharof Rashidov tumanida navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi
2026-05-08 18:00:00 / Yangiliklar

Ochiq va samimiy muloqot ruhida o‘tgan qabul davomida fuqarolar tomonidan ijtimoiy himoya, infratuzilmani rivojlantirish, bandlik va aholini ish bilan ta’minlash, uy-joy sharoitlarini yaxshilash, kommunal xizmatlar sifatini oshirish, ta’lim hamda sog‘liqni saqlash sohalariga oid murojaat va takliflar bildirildi.
Qabul jarayonida ayrim murojaatlar joyida ko‘rib chiqilib, ijobiy hal etildi. Qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan masalalar yuzasidan esa tegishli tashkilot va idoralar rahbarlariga aniq topshiriqlar berilib, ularning ijrosi qat’iy nazoratga olindi.
Bunday qabullar aholi murojaatlarini tinglash, mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash hamda ularni samarali hal etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.





