PAYSHANBA — YOSHLAR KUNI
2026-05-07 15:00:00 / Yangiliklar
Sharof Rashidov tumani hokimi Asilbek Ashurov tuman 3-son texnikumida tahsil olayotgan yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Uchrashuvda tuman prokurori, tuman IIB boshlig‘i, yoshlarning ota-onalari ham ishtirok etdi.

Muloqot davomida yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ta’limga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda turli salbiy holatlarning oldini olish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, bezorilik, huquqbuzarlik, internetdan noto‘g‘ri foydalanish, yot g‘oyalarga berilish kabi salbiy illatlarning oqibatlari haqida tushuntirish ishlari olib borildi. Mutasaddilar tomonidan yoshlarni ilm olishga, kasb-hunar egallashga va jamiyatda faol bo‘lishga chaqirildi.
Uchrashuv yakunida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar hamda bu kabi uchrashuvlar yoshlar tarbiyasida muhim аҳamият kasb etishi ta’kidlandi.




