9-May — Xotira va qadrlash kuni hamda Gʻalabaning 81 yilligi munosabati bilan Sharof Rashidov tumanida tantanali tadbir tashkil etildi
2026-05-07 10:30:00 / Yangiliklar

Tadbir davomida Sharof Rashidov tumani hokimi Asilbek Ashurov soʻzga chiqib, yigʻilganlarni 9-May — Xotira va qadrlash kuni hamda Gʻalabaning 81 yilligi bilan samimiy muborakbod etdi. Oʻz nutqida yurt tinchligi va xalq osoyishtaligi yoʻlida jon fido qilgan ajdodlarimizning jasorati hamisha yuksak ehtirom bilan yodga olinishi ta’kidlandi.
Shundan soʻng “Motamsaro ona” haykali poyiga hamda Sharof Rashidov byusti oldiga gulchambar va gullar qoʻyilib, faxriylar xotirasiga hurmat bajo keltirildi.
9-May — Xotira va qadrlash kuni xalqimizning mardligi, jasorati va fidoyiligini yod etadigan, keksa avlod vakillariga ehtirom ko‘rsatadigan muhim sana sifatida keng nishonlanmoqda.
Ayni kunlarda tuman hududlarida sana munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar davom etmoqda.








