Sharof Rashidov tumanida navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi
2026-04-18 11:00:00 / Yangiliklar
Tuman hokimi Asilbek Ashurov boshchiligida o‘tgan qabulda fuqarolarning ijtimoiy, iqtisodiy, uy-joy, bandlik va kommunal sohalarga oid murojaatlari tinglandi. Har bir masala yuzasidan tegishli topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.

Ayrim murojaatlar joyida hal etildi, qolganlari bo‘yicha mas’ullarga aniq vazifalar yuklatildi. Ochiq va samimiy muloqot davomida aholi muammolarini hal etish ustuvor vazifa ekani ta’kidlandi.






