Sharof Rashidov tumanida yangi 62-sonli maktab foydalanishga topshirildi
2026-04-15 17:00:00 / Yangiliklar

Mazkur ta’lim muassasasi ilgari kasb-hunar kolleji, so‘ngra Jizzax davlat pedagogika universiteti tasarrufida bo‘lgan 4 qavatli bino negizida kapital ta’mirdan chiqarilib, zamonaviy talablar asosida qayta rekonstruksiya qilindi.
Tadbirda tuman hokimi o‘rinbosari O. Meliboyev, viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi Sh. Damanova, tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i D. Sadriddinova, shuningdek mahalla faollari hamda ota-onalar ishtirok etdilar.
Avval hududdagi 5-sonli maktabda o‘quvchilar uch smenada ta’lim olgan bo‘lsa, mazkur yangi maktabning ishga tushirilishi natijasida ta’lim jarayonlari bir smenaga o‘tkazildi.
Tadbir davomida o‘quvchilarning ijodiy ishlari ko‘rgazmasi namoyish etildi. Shuningdek, maktab hududida Navro‘z munosabati bilan madaniy tadbirlar tashkil etildi.









