Mahallada sayyor qabul o‘tkazildi
2026-04-13 13:00:00 / Yangiliklar
Sharof Rashidov tumani Umar mahallasida “mahalla yettiligi” tomonidan fuqarolar uchun navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi.

Mazkur qabulda Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati, shuningdek murojaatlar ijrosini ta’minlovchi tegishli mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.
Qabul davomida aholi tomonidan bandlik, ijtimoiy himoya, tadbirkorlikni rivojlantirish, mahalla infratuzilmasini yaxshilash, yoshlar hamda xotin-qizlarga oid masalalar yuzasidan bildirilgan murojaatlar tinglandi.
Bildirilgan murojaatlarning bir qismi joyida ijobiy hal etildi, qo‘shimcha o‘rganish talab etuvchi masalalar esa tegishli tartibda nazoratga olindi.
✅ Fuqarolar bilan ochiq muloqot orqali mavjud muammolarni bartaraf etish va ularning yechimiga erishish bo‘yicha ishlar izchil davom ettirilmoqda.



