DXX kubogi” doirasida murosasiz bellashuv!
2026-04-09 18:00:00 / Yangiliklar
Sharof Rashidov tumani yoshlar oʻrtasida futbol boʻyicha oʻtkazilayotgan “DXX kubogi” musobaqasining sektor bosqichi qizgʻin va murosasiz bahslarga boy tarzda davom etmoqda. Har bir uchrashuvda jamoalar g‘alaba uchun bor kuch va mahoratini ishga solmoqda.

Mazkur bosqichda Qang‘li MFY hamda Yakkaqayrag‘och MFY jamoalari oʻrtasida keskin va murosasiz uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Qiziqarli, keskin kurashlarga boy kechgan bahs yakunida tomonlar 1:1 hisobida durang natijani qayd etdi. Har ikki jamoa ham maydonda o‘zining kuchli jihatlarini namoyon eta oldi.
Turnir davom etmoqda — oldinda yana ko‘plab qiziqarli o‘yinlar va murosasiz bellashuvlar kutmoqda. Eng kuchli jamoalar saralanib, g‘oliblik sari dadil odimlamoqda!









