Payshanba — yoshlar kuni
2026-04-09 16:30:00 / Yangiliklar
Sharof Rashidov tumani hokimi Asilbek Ashurov tuman 3-son texnikumida tahsil olayotgan yoshlar bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida texnikum kutubxonasida kitob mutolaa qilayotgan yoshlar bilan samimiy muloqot olib borildi.

Muloqot jarayonida yoshlar bilan kitob o‘qishning ahamiyati, muntazam bilim olish, o‘z ustida ishlash va ma’naviy kamolot masalalari haqida fikr almashildi. Shuningdek, yoshlarni ko‘proq kitobxonlikka jalb etish, ularning dunyoqarashini kengaytirish hamda ilm olishga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish zarurligi ta’kidlandi.









