XALQ DEPUTATLARI SHAROF RASHIDOV TUMANI KENGASHINING Q A R O R I
2026-04-08 14:00:00 / Yangiliklar

Mahalliy budjet mablag‘larini jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan
tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltirish ustidan deputatlar nazoratini
ta’minlash maqsadida hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil
13-apreldagi PQ-5072-sonli, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil
29-avgustdagi PQ-264-sonli qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
Senati Kengashining 2024-yil 30-yanvardagi KQ-666-IV-sonli, 2025-yil
17-dekabrdagi KQ-280-V-sonli qarorlari, shuningdek ishchi komissiyaning
2026-yil 25-martdagi 2-son bayonini inobatga olib, “Mahalliy davlat hokimiyati
to‘g‘risida”gi Qonunning 6- va 24-moddalariga asosan Xalq deputatlari tuman
Kengashi
QAROR QILADI:
1. “Ochiq budjet” axborot portalida 2026-yil 1-bosqich doirasida o‘tkazilgan
ovoz berish yakunlariga ko‘ra tumanda jami 75 485 ta ovoz bilan umumiy qiymati
14 635 050 000 so‘mlik 9 ta taklif g‘olib deb topilganligi ma’lumot uchun qabul
qilinsin.
2. Mazkur g‘olib loyihalarni moliyalashtirish bo‘yicha manzilli ro‘yxat
1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Belgilansinki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil
29-avgustdagi PQ-264-sonli qaroriga asosan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi
deputati tomonidan tanlab olingan loyiha ham g‘olib deb topilib, mazkur loyiha
respublika budjetidan tuman hokimligi huzuridagi “Fuqarolar tashabbusi”
jamg‘armasiga kelib tushadigan qo‘shimcha mablag‘lar hisobidan
moliyalashtiriladi.
Deputat tashabbusi asosida g‘olib deb topilgan loyiha 2-ilovaga muvofiq
tasdiqlansin.
4. Tuman iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari
I.Nazarov, tasdiqlangan 1- va 2-ilovalarga muvofiq tegishli buyurtmachi
kengash.gov.uz VII-21-62-3-46-K/26
tashkilotlarga DMBAT dasturida har bir loyiha uchun alohida (4017…) shaxsiy
g‘azna hisobvaraqlari ochilishini ta’minlasin.
5. Tuman hokimligi bosh hisobchisi U. Abduraxmonov mazkur loyihalarni
moliyalashtirish uchun “Fuqarolar tashabbusi” jamg‘armasidan tegishli
mablag‘lar ajratilishini ta’minlasin.
6. Tegishli buyurtmachi tashkilot rahbarlari mablag‘lardan maqsadli
foydalanish, davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga rioya etish
hamda iqtisod qilingan mablag‘larni belgilangan tartibda qaytarishni ta’minlasin.
7. Tuman G‘aznachilik bo‘linmasi boshlig‘i Sh.Abdumuminov ajratilgan
mablag‘larning belgilangan tartibda moliyalashtirilishini ta’minlasin.
Ushbu mablag‘ni manzilli rо‘yxatda kо‘rsatilgan tadbirlarni
moliyalashtirishga yо‘naltirilsin va ushbu mablag‘larning boshqa maqsadlarga
ishlatilishi ta’qiqlansin.
8. Ishchi komissiyaga:
- har chorak yakuni bo‘yicha Xalq deputatlari tuman Kengashiga amalga
oshirilgan ishlar yuzasidan axborot kiritib borish;
- amalga oshirilayotgan ishlar jarayonida korrupsiyaning oldini olish,
mablag‘lardan maqsadli foydalanish hamda shaffoflikni ta’minlash holatlari
yuzasidan alohida ma’lumot taqdim etib borish vazifasi yuklatilsin.
9. Tuman hokimligi axborot xizmati (F. Abduraxmonov) mazkur qaror ijrosi,
loyihalarning moliyalashtirilishi hamda amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risidagi
ma’lumotlarni keng jamoatchilikka muntazam yetkazib borishni ta’minlasin.
10. Ushbu qaror ijrosini nazorat qilish tuman Kengashining mahalliy budjet,
iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, investitsiyalar va tadbirkorlikni
rivojlantirish masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi hamda tuman hokimining
birinchi o‘rinbosari M. Ergashev zimmasiga yuklatilsin.
Kengash raisi AKBAROVA
SHOIRA
UKTAMOVNA
