PAYSHANBA — YOSHLAR KUNI DOIRASIDA UCHRASHUV O‘TKAZILDI
2026-04-02 16:25:00 / Yangiliklar

Tuman hokimi Bobur mahallasida istiqomat qiluvchi yoshlar hamda ularning ota-onalari xonadoniga borib, ular bilan samimiy suhbat o‘tkazdi. Uchrashuv davomida yoshlarning ta’lim olish, bandlikni ta’minlash, kasb-hunar egallash, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish borasidagi muammolari va takliflari tinglandi.
Shuningdek, yoshlar tomonidan ilgari surilgan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash, mavjud muammolarni hal etish yuzasidan tegishli mutasaddilarga aniq vazifalar belgilab berildi. Ota-onalar bilan ham muloqot qilinib, farzandlar tarbiyasi, ularning kelajagini ta’minlash borasidagi hamkorlikni yanada kuchaytirish muhimligi ta’kidlandi.
Mazkur uchrashuv yoshlar bilan individual ishlash, ularning muammolarini joyida o‘rganish hamda amaliy yordam ko‘rsatish borasida muhim ahamiyat kasb etadi.







