Muddatli harbiy xizmatni o‘tab qaytgan yoshlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
2026-04-02 10:00:00 / Yangiliklar

Uchrashuv davomida yoshlarning kelgusidagi maqsadlari, rejalari va qiziqishlari atroflicha muhokama qilinib, ularni doimiy ish bilan ta’minlash, kasb-hunar o‘rganishga yo‘naltirish hamda tadbirkorlik faoliyatini boshlashlari uchun zarur sharoitlar yaratish masalalari ko‘rib chiqildi. Har bir yoshning salohiyatidan kelib chiqib, amaliy chora-tadbirlar belgilab olindi.
Shuningdek, yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyatdagi faolligini oshirish, tashabbuslarini rag‘batlantirish hamda o‘z o‘rnini topishlariga ko‘maklashish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Tadbir yakunida yoshlarning istiqbolli rejalarini ro‘yobga chiqarish yuzasidan mas’ul tashkilotlarga tegishli vazifalar yuklatildi.





