MAHALLA BINOSI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI
2026-04-01 09:00:00 / Yangiliklar

Mazkur tadbirda tuman mahallalar uyushmasi o‘rinbosari ishtirok etib, mahalla tizimini yanada takomillashtirish, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish hamda hududlarda ijtimoiy-ma’naviy muhitni mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.
Shuningdek, yangi mahalla binosining foydalanishga topshirilishi munosabati bilan tashkil etilgan tantanali tadbir Navro‘z umumxalq bayrami bilan uyg‘un holda o‘tkazildi. Bayram davomida milliy an’analarga asoslangan madaniy-ma’rifiy chiqishlar, dorboz tomoshalari hamda badiiy dasturlar namoyish etildi.
Tadbir yakunida bayram dasturxonlari yozilib, mahalla aholisi uchun ko‘tarinki kayfiyat ulashildi. Ushbu ezgu tashabbuslar hududda ahillik, birdamlik va hamjihatlik muhitini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.









