JIZZAX VILOYATI PROKURORI VA TUMAN HOKIMINING YOSHLAR BILAN UCHRASHUVI
2026-03-05 15:00:00 / Yangiliklar
Sharof Rashidov tumanida joylashgan Agromarkazda yoshlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Mazkur uchrashuv 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan tumandagi qizlar bilan ochiq muloqot tarzida tashkil etildi.

Uchrashuvda Jizzax viloyati prokurori Baxtiyor Ibrohimov hamda Sharof Rashidov tuman hokimi Asilbek Ashurov ishtirok etib, qizlarning taklif va murojaatlarini tingladi. Muloqot davomida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan fikr-mulohazalarini bildirishdi.
Bildirilgan murojaatlarning bir qismi joyida hal etildi, qolgan masalalar esa tegishli tartibda ko‘rib chiqilishi belgilandi.
Tadbir yakunida Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan ishtirokchi qizlarga bayram sovg‘alari topshirildi.








