SHAROF RASHIDOV TUMANI HOKIMLIGI TOMONIDAN QONUNCHILIK HUJJATLARI VA TOPSHIRIQLAR IJROSINI TASHKIL ETISH YUZASIDAN JAMOATCHILIKKA HISOBOT
2026-02-24 14:00:00 / Yangiliklar

Sharof Rashidov tumani hokimligi xalq oldidagi mas’uliyat va hisobdorlik tuyg‘usini to‘liq anglagan holda har oy o‘z faoliyatida ijro intizomi to‘g‘risidagi hisobotini jamoatchilik e’tiboriga havola etadi.
Tuman hokimligiga 2026 yilning fevral oyi davomida “Edo.ijro.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi orqali kelib tushgan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi yuzasidan bir qator ishlar amalga oshirildi.
Xususan:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon, qaror, farmoyish hamda yig‘ilish bayonlarida jami 158 ta topshiriq tuman hokimligiga fevral oyida ijro uchun kelib tushgan bo‘lib, shundan, 87 tasi mas’ullikdagi topshiriqlar. Mas’ullikdagi topshiriqlarni 86 tasining ijrosi to‘liq va sifatli bajarilgan, qolgan 1 ta topshiriq belgilangan tartibda ijroga qaratilib, ijrosini sifatli ta’minlash choralari ko‘rilmoqda.
Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 31 dekabrdagi “Jizzax viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni jadallashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PQ-468-son qaroridagi 144 ta topshiriq tuman hokimligiga ijroga qaratilgan bo’lib, shundan 58 tasi aynan Sharof Rashidov tumani hokimligi mas’ulligidagi vazifa hisoblanadi. Hozirgi kunda mazkur 144 ta topshiriqdan 94 tasining to‘liq va sifatli bajarilgan, qolgan 50 ta topshiriq belgilangan tartibda ijroga qaratilib, ijrosini barvaqt va sifatli ta’minlash bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 30 yanvardagi “2026–2027 yillarda Jizzax viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni jadallashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PQ-35-son qaroridagi Sharof Rashidov tumaniga berilgan 109 ta topshiriqlarning 2 tasi ijrosi ta’minlanib 107 tasi ijrosi yuzasidan amamliy ishlar boshlangan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezident Admenstratsiyasining fevral oyidagi 23 ta topshiriqlaridan 17 tasining ijrosi sifatli bajarildi. 6 ta topshiriq nazoratga olinib, mas’ullar tomonidan ijroga qaratildi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026 yil yanvar-fevral oylari uchun belgilangan jami 194 ta topshiriqlarining 169 tasi ijrosi ta’minlandi. Qolgan 25 tasi ijrosini belgilangan vaqtda ta’minlash yuzasidan ishlar olib borilmoqda.
Viloyat hokimining 2026 yilda bajarish zarur bo‘lgan jami 91 ta topshiriqlari tuman hokimligiga ijro uchun kelib tushgan. Vazifalarning 7 tasi to‘liq barilib, 84 tasi ijrosini sifatli bajarish yuzasidan amaliy ishlar olib borilmoqda.
Mazkur topshiriqlarning ijrosini ta’minlash bo‘yicha kunbay kalendar grafik ishlab chiqildi. Shuningdek, tuman hokimining o‘rinbosarlari va tegishliligi bo‘yicha tuman korxona hamda tashkilotlar kesimida ijroga qaratildi.
“Edo.ijro.uz” ijro intizomi idoralararo elektron tizimiga kiritilgan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlari tuman hokimligi tomonidan belgilangan muddatlarda va puxta bajarilishini ta’minlash maqsadida oldindan eslatish, ogohlantirish tizimi yo‘lga qo‘yilgan.
Ijro intizomini kuchaytirish maqsadida haftaning har dushanba kunlari Sharof Rashidov tumani hokimi rahbarligida, haftaning har juma kunlari hokimning birinchi o‘rinbosari huzurida ijro intizomi holati tanqidiy muhokama qilib kelinmoqda. Shu munosabat bilan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Prezident Administratsiyasi hamda Vazirlar Mahkamasining hujjatlari va topshiriqlari ijrosi kunbay, soatbay qat’iy nazorat qilinmoqda.
Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlari ijrosini ta’minlash barcha rahbarlarning eng muhim va birinchi galdagi vazifasi hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan, tuman hokimi rahbarligida topshiriqlarning o‘z vaqtida bajarilishi, mustahkam ijro intizomiga amal qilinishi doimiy ravishda nazorat qilib borilmoqda.
Sharof Rashidov tumani hokimligi
