Sharof Rashidov tumanida navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi
2026-02-23 09:15:00 / Yangiliklar
Sharof Rashidov tumani hokimligi binosida tuman hokimi Asilbek Ashurov tomonidan navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi.

Qabul jarayonida fuqarolarning ijtimoiy-iqtisodiy, kommunal soha, yer ajratish va qurilish, tadbirkorlikni rivojlantirish, bandlik hamda boshqa masalalarga oid murojaatlari belgilangan tartibda ko‘rib chiqildi.
Har bir murojaat yuzasidan tegishli tashkilot va idoralar rahbarlariga aniq topshiriqlar berilib, ularning ijrosini ta’minlash hamda nazoratini kuchaytirish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar belgilandi.
Fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida va samarali hal etish, aholi bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish hamda hududdagi mavjud muammolarni tizimli bartaraf etish ustuvor vazifa ekani alohida ta’kidlandi.



