Sayyor qabul
2026-02-19 10:00:00 / Yangiliklar

Aholining murojaatlarini o‘rganish, mavjud muammolarga joyida yechim topish hamda fuqarolar bilan ochiq va samimiy muloqotni yo‘lga qo‘yish maqsadida Sharof Rashidov tumani hokimining sayyor qabuli tashkil etilmoqda.
📅 Sana: 2026-yil 20-fevral
⏰ Vaqti: soat 09:00
📍 Manzil: Yakkaqayrag‘och mahallasi mahalla markazi
🧭 Mo‘ljal: Hamid Olimjon osh markazi
Sayyor qabul davomida fuqarolarning ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy va boshqa masalalarga oid murojaatlari tinglanib, ularni hal etish yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilotlar ishtirokida amaliy chora-tadbirlar belgilanadi.
