Sharof Rashidov tuman Yoshlar axborot texnologiyalari markazida Jizzax viloyati Milliy gvardiyasi boshqarmasida xizmat qilayotgan askarlar ishtirokida axborot texnologiyalari yo‘nalishida o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etildi
Sharof Rashidov tuman Yoshlar axborot texnologiyalari markazida Jizzax viloyati Milliy gvardiyasi boshqarmasida xizmat qilayotgan askarlar ishtirokida axborot texnologiyalari yo‘nalishida o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etildi
Sharof Rashidov tumani Yoshlar axborot texnologiyalari markazida Jizzax viloyati Milliy gvardiyasi boshqarmasida xizmat qilayotgan askarlar ishtirokida axborot texnologiyalari yo‘nalishida navbatdagi o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etildi. Mazkur tadbir yosh harbiy xizmatchilarning zamonaviy bilim va ko‘nikmalarini oshirish, ularning raqamli savodxonligini yuksaltirish hamda kelgusidagi kasbiy faoliyatiga zarur bo‘ladigan IT kompetensiyalarini shakllantirishga qaratildi.
Mashg‘ulotlar davomida raqamli texnologiyalardan samarali foydalanish, zamonaviy dasturiy vositalar bilan ishlash, ofis dasturlari, internet resurslari va elektron xizmatlardan oqilona foydalanish masalalari atroflicha tushuntirildi. Shuningdek, axborot xavfsizligini ta’minlash, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish, kibertahdidlardan ogoh bo‘lish hamda ularning oldini olish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.
Tadbir doirasida ishtirokchilar uchun interaktiv mashg‘ulotlar, savol-javoblar va amaliy topshiriqlar tashkil etilib, ularning IT sohasidagi bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratildi.
Bunday o‘quv mashg‘ulotlari yosh harbiy xizmatchilarning intellektual salohiyatini oshirish, ularni zamonaviy texnologiyalar bilan ishlashga tayyorlash hamda raqamli jamiyat talablariga mos kadrlar sifatida shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.