Sharof Rashidov tumani hokimi Asilbek Ashurov tumanidagi 1-son texnikum faoliyati bilan tanishish maqsadida tashrif buyurdi
2026-02-10 17:00:00 / Yangiliklar

Tashrif chog‘ida texnikumda yaratilgan sharoitlar, o‘quv jarayonining holati hamda dual ta’lim tizimi asosida olib borilayotgan ishlar o‘rganildi. Ta’lim muassasasining ishlab chiqarish korxonalari bilan hamkorligi masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, o‘quv amaliyotlari uchun keltirilgan zamonaviy jihozlar, ularning mashg‘ulotlarda qo‘llanilishi,
axborot texnologiyalari xonalarining texnik ta’minoti ko‘zdan kechirildi.
O‘quvchilarning kasbiy bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash, ularni zamonaviy va raqobatbardosh kasblarga yo‘naltirish masalalari muhokama qilindi.
Tashrif yakunida ta’lim sifatini oshirish, dual ta’limni yanada rivojlantirish va mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish bo‘yicha tegishli topshiriq va tavsiyalar berildi.



