Tumanda ijtimoiy sohani rivojlantirish bo‘yicha muhim vazifalar belgilab olindi
2026-02-11 17:00:00 / Yangiliklar

Sharof Rashidov tuman hokimligi katta majlislar zalida ijtimoiy soha masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda Jizzax viloyati hokimi o‘rinbosari Akmal Savurboyev hamda Sharof Rashidov tumani hokimi Asilbek Ashurov ishtirok etdi.
Tadbirda viloyat va tuman miqyosidagi mas’ul tashkilotlar rahbarlari, shuningdek, tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlari direktorlari qatnashdi. Kun tartibida ishsiz yoshlar bandligini ta’minlash, otaliqqa olingan yoshlar bilan ishlash, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, hamda maktab va maktabgacha ta’lim muassasalarida mavjud muammolar muhokama qilindi.
Yig‘ilish yakunida aniqlangan muammolarni bartaraf etish, ijtimoiy soha va ta’lim sifatini yanada yaxshilash bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.



