Deputat hududlarda
2026-02-02 15:00:00 / Yangiliklar

🔹 Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati N. Muxtorova maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limida tadbirkor xotin-qizlar, mahalliy Kengash deputatlari hamda rahbar ayollar ishtirokida muhim va dolzarb mavzuga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
🔹 Tadbir davomida ta’lim tizimida korrupsiyaga qarshi kurashni yanada kuchaytirish, jamiyatda ushbu illatga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, qonun ustuvorligi hamda jazo muqarrarligi tamoyillarini qat’iy ta’minlash masalalari atroflicha muhokama qilindi.
🔹 Shuningdek, ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, jamoatchilik nazoratini kuchaytirish orqali korrupsiyaning oldini olish, ta’lim tizimida halollik va adolat muhitini mustahkamlash muhimligi alohida ta’kidlandi.
✍🏻 Davra suhbati yakunida ishtirokchilar tomonidan sohada korrupsiyaviy omillarni bartaraf etishga qaratilgan aniq taklif va amaliy tashabbuslar ilgari surildi.
🔹 Korrupsiyaga qarshi kurash — bugungi kun talabi bo‘lib, jamiyat taraqqiyoti va kelajak avlod ta’limi uchun muhim omil ekani yana bir bor qayd etildi.




