YOSHLAR AXBOROT TEXNOLOGIYALARI MARKAZI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI
2026-01-29 14:00:00 / Yangiliklar

YOSHLAR AXBOROT TEXNOLOGIYALARI MARKAZI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI
Sharof Rashidov tumani markazida zamonaviy Yoshlar axborot texnologiyalari markazi tantanali ravishda foydalanishga topshirildi. Mazkur tadbirda Sharof Rashidov tuman hokimi Asilbek Ashurov, Jizzax viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig‘i Murodbek Rahmonberdiyev, tuman sektor rahbarlari, nuroniylar hamda faol yoshlar ishtirok etdi.
Yangi ochilgan markaz yoshlarning bilim va salohiyatini rivojlantirish, ularni zamonaviy kasblarga yo‘naltirishga xizmat qiladi. Markazda IT dasturlash, xorijiy tillar, kitob mutolaasi, shuningdek, boshqa ko‘plab zamonaviy o‘quv kurslari faoliyat yuritadi.
Ta’lim olish uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan bo‘lib, zamonaviy texnika vositalari, qulay o‘quv xonalari va yoshlar uchun ilhomlantiruvchi muhit mavjud. Ushbu markaz kelgusida tuman yoshlarining innovatsion g‘oya va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashda muhim maskan bo‘lib xizmat qilishi kutilmoqda.









