SESSIYA
2026-10-23 18:30:00 / Majlislar

🏛 SESSIYA
📍Bugun Xalq deputatlari Şayxontohur tuman Kengaşining uçinçi çaqiriq 36-sessiyasi bölib ötdi.
📝 Unda quyidagi masalalar körib chiqildi:
🔹 Yoşlar siyosati, ijtimoiy rivojlantiriş va ma’naviy-ma’rifiy işlar yönalişidagi 2026-yil 9 oylik faoliyati;
🔹 2027-yilda ijtimoiy ehtiyojmand aholi qatlamlari uçun iş örinlarining eng kam sonini belgilaş va zaxiraga qöyiş;
🔹 Tuman mahalliy budjetining 2026-yilda şakllangan qöşimça mablağlarini yönaltiriş;
🔹 Maktabgaça va maktab ta’limi sohasida amalga oşirilgan işlar;
🔹 Soğliqni saqlaş hamda sanitariya-epidemiologik osoyiştalik yönalişlaridagi 9 oylik faoliyat yakunlari;
🔹 Yoşlar işlari agentligi tuman bölimining faoliyati.
🤝 Sessiyada kun tartibidagi masalalar muhokama qilinib, tegişli masalalar yuzasidan fikr va mulohazalar bildirildi hamda belgilangan tartibda qarorlar qabul qilindi.
📌 Xalq manfaatlari yölida samarali faoliyat, oçiqlik va mas’uliyat — Kengaş faoliyatining ustuvor yönalişidir!
