🎓👨🍳 ZAMONAVIY TEXNIKUM — ZAMONAVIY MUTAXASSIS!
2026-10-12 10:00:00 / Yangiliklar

🎓👨🍳 ZAMONAVIY TEXNIKUM — ZAMONAVIY MUTAXASSIS! YANGI IMKONIYATLAR ESHIGI OCHILDI! ✨
📍 Toshkent nashriyot-matbaa texnikumida zamonaviy kasbiy ta’limni rivojlantirish yo‘lida muhim tadbir bo‘lib o‘tdi.
🏫 2026–2027-o‘quv yilidan kasbiy ta’lim jarayoniga modulli ta’lim tizimini joriy etish, shuningdek, zamonaviy talablar asosida jihozlangan oshpazlik o‘quv-amaliy xonalarini tashkil etish munosabati bilan tantanali ochilish marosimi o‘tkazildi.
🍽 Zamonaviy jihozlar bilan ta’minlangan o‘quv-amaliy xonalari o‘quvchilarning nazariy bilimlarini amaliy ko‘nikmalar bilan mustahkamlash, kasbiy mahoratini oshirish hamda mehnat bozorida raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlashga xizmat qiladi.
🚀 Maqsad — zamonaviy bilim, puxta kasbiy mahorat va kelajak uchun mustahkam poydevor!
🌟 Ushbu tashabbus kasbiy ta’lim sifatini oshirish, yoshlarga yangi imkoniyatlar yaratish va malakali kadrlar tayyorlash yo‘lidagi muhim qadamlardan biridir.
