Rahbar va yoshlar
2026-02-19 18:00:00 / Yangiliklar
uchrashuv

Shayxontohur tumani rahbar va yoshlar uchun qabul o‘tkazdi 👥📋
Kecha Shayxontohur tumani prokurori va ichki ishlar organlari vakillari tomonidan yoshlar uchun navbatdagi qabul tashkil etildi. Qabul jarayonida tumanda istiqomat qiluvchi yoshlar tomonidan ishga joylashish, oliy ta’lim muassasalarida o‘qish uchun shartnoma to‘lovlarini amalga oshirish, shuningdek, salomatlikni tiklash va davolanish masalalari bo‘yicha murojaatlar bildirildi. 🎓💼🏥
Har bir murojaat tuman hokimi tomonidan atroflicha o‘rganilib, tegishli mutasaddi tashkilot va idoralarga aniq vazifalar belgilandi. Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligi va ijtimoiy himoyasini ta’minlash masalalari doimiy e’tiborda ekani ta’kidlandi. ✅
