Shahrisabz tumani haqida

Shahrisabz tumani - Qashqadaryo viloyatidagi tuman. 1926-yil 29-sentyabrda tashkil etilgan. Shimolidan Kitob tumani, sharqdan Tojikiston, Surxondaryo viloyati, janubidan Yakkabogʻ, Qamashi, gʻarbdan Chiroqchi tumanlari bilan chegaradosh. Maydoni 1,70 ming km². Aholisi 227,6 ming kishi (2022). Tumanda: 1 shaharcha (Miroki), 12 ta qishloq fuqarolar yigʻini (Dukchi, Kunchiqar, Moʻminobod, Naʼmaton, Oqsuv, Toʻdamaydon, Xitoy, Shakarteri, Shamaton, Oʻzbekiston, Qutchi, Hisorak, Xalach) bor. Markazi — Chorshanbi qishlogʻi.
Tabiat
Tuman hududi Qashqadaryo viloyatining shimoli-sharqiy qismida, Hisor togʻlarining etaklarida joylashgan. Tumanning gʻarbi ochiq voha — Qarshi choʻliga tutashib ketadigan tekislikdan iborat. Togʻlardan oqib tushadigan Oqsuv, Qashqadaryo, Tanxozdaryo, Qizildaryo, Tamshush, Miroqi daryolari jarliklar hosil qilgan. Miroqi togʻ etaklaridan qora marmar qazib olinadi. Iqlimi kontinental. Yillik oʻrtacha temperatura 14,7°. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi 0,8°, eng past temperatura —26°.[1]
Shahrisabz tumani tabiati
Uzoq tog'li hududda joylashgan Ko'l qishlog'i manzarasi
Shahrisabz tumanining gidro resurslari
Iyulning oʻrtacha temperaturasi 28°, eng yuqori temperatura 43°. Iiliga 545 mm yogʻin tushadi. Vegetatsiya davri — 219 kun.
Tuproqlari boʻz, jigarrang va qoʻngʻir togʻoʻrmon tuproqlari. Yovvoyi oʻsimliklardan qoʻngʻirbosh, rang, shuvoq, oqquray, pashmak, shoʻra, bugʻdoyiq, kovrak, qargʻaoyoq, qamish, yulgʻun, yantoq, togʻ yon bagʻirlarida archa, doʻlana, togʻolcha, chinor oʻsadi. Yovvoyi hayvonlardan qobon, boʻri,
