Shahrisabz tumani prokurori Xudoyqulov Baxodir Xudoyorovichning tuman aholisiga murojaatnomasi
2025-09-03 11:55:00 / Rahbariyatning bayonotlari va nutqlari

MUROJAATNOMA
Hurmatli tumanimiz ahli!
Mamlakatimiz hududida tinchlik va barqarorlikni ta’minlash, mahallalarda xavfsiz muhit yaratish, huquqbuzarliklarning oldini olish, fuqarolarimizning huquq va erkinliklarini himoya qilish — doimo eng muhim vazifalardan biri hisoblanadi.
Bugungi kunda yo‘l qoidalariga qat’iy rioya qilishni nazoratga olish muhim vazifaga aylandi. Mamlakatimizda hatto maktabgacha ta’lim muassasalarida ham yo‘l xavfsizligi qoidalari o‘rgatilmoqda.
Har bir jamiyatda kishilarning o‘zaro munosabatlarini to‘g‘ri yo‘lga solish, insonlarni turli zarar va ko‘ngilsizliklardan saqlash maqsadida yo‘l qoidalari joriy qilinadi. Hozirgi paytda bular xalqaro qoidalar darajasiga yetgan. Ushbu qoidalarga amal qilish hamma uchun zarur va majburiydir.
Hurmatli tumandoshlar, avtotransport vositalaridan foydalanishda yo‘l harakati qoidalariga amal qilmasdan, belgilangan meyoriy tezlikdan oshirish, qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketishi natijadasida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lib, insonlarning hayotdan bevaqt ko‘z yumishi, bolalar otasiz va onasiz qolib ketishi kabi ayanchi holat bilan tugamoqda.
Qoidabuzar haydovchilarimiz tomonidan yo‘l harakati qoidasiga amal qilmasdan harakatlanish holatlari ko‘p aniqlanmoqda.
Misol, 2025 yilning 8 oyi davomida tuman IIB JXX YHXB tomonidan 79 nafar transport vositasini mast holda boshqargan, 97 nafar transport vositasini tegishli xujjatlarsiz boshqargan.
Aziz tumanimiz aholisi, hurmatli yo‘l harakati ishtirokchilari, haydovchilar!
Biz Shahrisabz tumani IIB xodimlari bu yo‘nalishda qattiq nazoratni ko‘chaytirib, kelgusida yo‘l- transport hodisalarini oldini olishga qaratilgan barcha zaruriy choralarni ko‘rib boradi. Sizlardan, yo‘llarda yo‘l harakati qoidalariga qattiy amal qilib, o‘zingiz va o‘zgalarning hayotini xavf ostiga quymasliklaringizni so‘rayman.
Zero, har bir insonga umr bir marotaba beriladi uni qadriga yetib go‘zal hayot kechirish har birimizning o‘z qo‘limizda.
Yo‘llarda doimo yo‘l harakati qoidalariga amal qiling.
Voyaga yetmagan farzandlaringizga transport vositasini boshqarishiga ruxsat bermang.
Yo‘llaringiz doimo ravon va xavfsiz bo‘lishini tilayman!
