Shahrisabz tumani prokurori B.Bekbutayevning tuman aholisiga murojaati
2026-11-06 11:45:00 / Rahbariyatning bayonotlari va nutqlari

MUROJAATNOMA
Hurmatli tumanimiz ahli! Mamlakatimiz hududida tinchlik va barqarorlikni ta’minlash, mahallalarda xavfsiz muhit yaratish, huquqbuzarliklarning oldini olish, fuqarolarimizning huquq va erkinliklarini himoya qilish — doimo eng muhim vazifalardan biri hisoblanadi.
Bugungi kunda yo‘l qoidalariga qat’iy rioya qilishni nazoratga olish muhim vazifaga aylandi. Mamlakatimizda hatto maktabgacha ta’lim muassasalarida ham yo‘l xavfsizligi qoidalari o‘rgatilmoqda.
Har bir jamiyatda kishilarning o‘zaro munosabatlarini to‘g‘ri yo‘lga solish, insonlarni turli zarar va ko‘ngilsizliklardan saqlash maqsadida yo‘l qoidalari joriy qilinadi. Hozirgi paytda bular xalqaro qoidalar darajasiga yetgan. Ushbu qoidalarga amal qilish hamma uchun zarur va majburiydir.
Hurmatli tumandoshlar, avtotransport vositalaridan foydalanishda yo‘l harakati qoidalariga amal qilmasdan, belgilangan meyoriy tezlikdan oshirish, qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketishi natijadasida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lib, insonlarning hayotdan bevaqt ko‘z yumishi, bolalar otasiz va onasiz qolib ketishi kabi ayanchi holat bilan tugamoqda.
Misol uchun 2026-yil 10 oyida tumanda 19 ta yo‘l-transport hodisalari bo‘yicha jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan bo‘lib, shundan Odam o‘limi bilan bog‘liq YTH 6 ta, o‘lim bilan bog‘liq bo‘lmagan YTH 13 tani tashkil etganligini, 6 ta YTHda 6 nafar harakat ishtirokchilari vafot etgan bo‘lsa, 13 ta YTHda 13 nafar shaxslar turli ko‘rinishdagi og‘ir jarohatlar olib sog‘lig‘ini yo‘qotgan.
Ushbu yo‘l-transport hodisalarining kelib chiqishi sabablari o‘rganilganda, 6 tasi e’tiborsizligi va 3 tasi ehtiyotsizlik oqibatida kelib chiqqanligini ko‘rishimiz mumkin.
Biroq qoidabuzar haydovchilarimiz tomonidan yo‘l harakati qoidasiga amal qilmasdan harakatlanish holatlari ko‘p aniqlanmoqda.
Misol, 2026 yilning 10 oyi davomida tuman IIB JXX YHXB tomonidan jami 9557 ta ma’muriy bayoyonoma tuzilgan bo‘lib, 87 nafar shaxs transport vositasini mast holda boshqargan, 2779 ta shaxs tomonidan qo‘pol qoida buzarlik sodir etilgan, 425 ta shaxs tomonidan odam tashish qoidlarini buzish, 174ta quvib o‘tish, 32 ta qoraytirilgan oyna bilan transport vasitasini boshqarish, 198 ta belgilanmagan joydan o‘tish, 164ta qizil chiroq ishorasiga amal qilmasdan transport vositasini boshqarib yurgan haydovchilar aniqlanib tegishli tartibda choralar ko‘rilgan.
Yuqoridagi tahlillar va raqamlar shundan darak beradiki yo‘l harakati qoidalariga amal qilishni har bir tumanimiz aholisiga uqtirish va uni ongiga singdirish eng dolzarb vazifalardan biriga aylanib ulgurdi.
Yo‘l transport hodisalarining oldini olish uchun quyidagi tavsiyalarga amal qilish tavsiya etiladi:
1.Yo‘l harakati qoidlariga qatiy amal qilish.
2.Belgilangan tezlik meoridan oshirmaslik.
3.Xavfsizlik kamarini taqish. (mototsikil va velosiped haydovchilari yesa himoya dubilg‘asidan foydalanish)
4.Transport vositasini mast holda yoki giyoxvond moddlari tasirida boshqarmaslik.
5.Haydash vaqtida telefondan foydalanmaslik.
6.Transport vositasini texnik xolatini tekshirib turish.
7.piyodalarga nisbatan ehtiyotkor bo‘lish.
8.Yomon ob-havo sharoitida masofani saqlash.
9.Haydovchi charchagan va uyqusiragan vaqtida transport vositasini boshqarmaslik.
10.Bolalarni maxsus bolalar o‘rindig‘ida tashish va ularning havfsizlik qoidlariga rioya qilishini taminlash.
Aziz tumanimiz aholisi, hurmatli yo‘l harakati ishtirokchilari, haydovchilar!
Biz Shahrisabz tumani IIB xodimlari bu yo‘nalishda qattiq nazoratni ko‘chaytirib, kelgusida yo‘l- transport hodisalarini oldini olishga qaratilgan barcha zaruriy choralarni ko‘rib boramiz. Sizlardan yo‘llarda yo‘l harakati qoidalariga qattiy amal qilib, o‘zingiz va o‘zgalarning hayotini xavf ostiga quymasliklaringizni so‘rayman.
Zero, har bir insonga umr bir marotaba beriladi uni qadriga yetib go‘zal hayot kechirish har birimizning o‘z qo‘limizda.
Yo‘llarda doimo yo‘l harakati qoidalariga amal qiling voyaga yetmagan farzandlaringizga transport vositasini boshqarishiga ruxsat bermang.
Yo‘llaringiz doimo ravon va xavfsiz bo‘lishini tilayman!
