ENDI SHAHRISABZLIKLAR VA QO'SHNI TUMAN AHOLISI UZOQQA BORISHI SHART EMAS: RAVOT MAHALLASIDA ZAMONAVIY TIBBIYOT MARKAZI FAOLIYAT BOSHLAYD
2026-08-19 10:50:00 / Yangiliklar

Shahrisabz tumani hokimi Samad Xasanov Ravot mahallasida tadbirkor Berdiyev Bobur tomonidan aholiga zamonaviy va sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish maqsadida tashkil etilayotgan “Kesh bolalar klinikasi” tibbiyot markazi bilan tanishdi.
Mazkur markaz 50 o‘rinli bo‘lib, unda bolalarga bir qator muhim tibbiy yo‘nalishlarda xizmat ko‘rsatish imkoniyati yaratilgan. Jumladan, autizm, DSP, xromosoma kasalliklari, nevrologik yo‘nalishlar, terapiya hamda boshqa tibbiy xizmatlar yo‘lga qo‘yiladi.
Markazda bemorlarni zamonaviy tibbiy uskunalar yordamida tekshirish va davolash imkoniyati mavjud. Xususan, EMG va TKM kabi Shahrisabzda oldin mavjud bo'lmagan apparatlari bilan jihozlanmoqda.
Yangi tibbiyot markazining tashkil etilishi natijasida aholining zarur tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlari kengayib, sifatli diagnostika va davolash xizmatlarini o‘z hududida olishiga sharoit yaratildi.
