MUROJAATNOMA
2026-05-02 08:35:00 / Rahbariyatning bayonotlari va nutqlari

MUROJAATNOMA
Hurmatli tumanimiz ahli! Mamlakatimiz hududida tinchlik va barqarorlikni ta’minlash, mahallalarda xavfsiz muhit yaratish, huquqbuzarliklarning oldini olish, fuqarolarimizning huquq va erkinliklarini himoya qilish — doimo eng muhim vazifalardan biri hisoblanadi.
Bugun jamiyatimizda jinoyatchilikka qarshi kurash faqatgina davlat organlarining emas, balki har bir fuqaromizning ham burchi va mas’uliyatidir. Har birimizning ogohligimiz, qonuniylikka sadoqatimiz – ertangi kunimiz xavfsizligi va farovonligining mustahkam poydevoridir.
Hurmatli yurtdoshlar! Shaxsiy va mulkiy manfaatlaringizni himoya qilish, firibgarlik va aldovlarning oldini olish maqsadida quyidagilarga e’tibor qaratishingizni so‘raymiz:
Fuqarolik-huquqiy munosabatlarda ehtiyotkorlik! Har qanday turdagi oldi-sotdi, garov, ijara yoki boshqa fuqarolik-huquqiy bitimlarni faqat notarial tartibda rasmiylashtiring. Hujjatlarning yuridik kuchga ega bo‘lishi va nizolar kelib chiqishining oldi olinishi uchun bu eng samarali yo‘ldir.
Mulkingizni himoya qiling! Uy-joy va xonadonlaringizni kuzatuv kameralari, tashvish tugmalari, gaz analizatorlari, yong‘in haqida ogohlantiruvchi moslamalar bilan jihozlab, ichki ishlar organlarining qo‘riqlash xizmati xizmatlaridan foydalanishingizni tavsiya etamiz. Qo‘riqlash xizmati: 1131
Yo‘l harakati xavfsizligi – umumiy mas’uliyat! Alkogolli ichimlik iste’mol qilgan holda transport vositasini boshqarish qonun bilan qat’iyan taqiqlangan. Bunday huquqbuzarlik sodir etilgan taqdirda shaxs ma’muriy javobgarlikka tortiladi, BHMning 40 baravari miqdorida jarima solinadi yoki 15 sutkagacha ma’muriy qamoq qo‘llanadi, transport vositasini boshqarish huquqidan 1 yil 6 oydan 3 yilgacha mahrum etilishi mumkin. Holat takror sodir etilsa, ushbu qilmish jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Kiberxavfsizlik – zamon talabi! Bugungi kunda kiberjinoyatlar tobora ko‘payib borayotganini inobatga olib, quyidagilarga qat’iy amal qiling.
Hurmatli fuqarolar! Sizning ogohligingiz, qonunlarga hurmatingiz va hamkorligingiz Shahrisabz tumanida tinchlik, osoyishtalik va barqarorlikni yanada mustahkamlaydi. Har birimizning hushyorligimiz, mas’uliyatli munosabatimiz – “Xavfsiz va sog‘lom yurt” barpo etish yo‘lidagi eng katta hissamizdir.
O‘z xavfsizligimizni o‘zimizdan boshlaylik! Yurtimiz farovonligi, tinchligi va kelajagi yo‘lida birgalikda harakat qilaylik.
