MUROJAATNOMA
2026-05-02 07:35:00 / Yangiliklar

MUROJAATNOMA
Hurmatli tumanimiz ahli! Tinchlik va osoyishtalik barqaror joyda rivojlanish, taraqqiyot bo‘ladi. Shu bois osoyishta turmushga zamin hozirlash, mahallalarda xavfsiz va barqaror muhitni ta’minlash, qonunbuzarliklarni barvaqt aniqlab, ularni oldini olish hamda fuqarolarning huquq va yerkinliklari, manfaatlarini ishonchli himoya qilish bugungi kunning dolzarb vazifasi. Shu sabab siz aziz tumandoshlarga murojaatim shuki,
Muhtaram Prezidentimiz tashabbuslari bilan mamlakatimizda jamoat xavfsizligini mustahkamlash, jinoyatchilikka qarshi kurashish va aholi farovonligini oshirish borasida tizimli islohotlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, mahalla tizimining o‘rni va mas’uliyati kuchaytirilib, jinoyatlarning ijtimoiy profilaktikasi zamonaviy va manzilli yondashuvlar asosida amalga oshirilmoqda. Davlatimiz rahbarining joriy yil 5 yanvar kunidagi “Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yo‘nalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy yetishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1-sonli qaroriga asosan bugungi kunda, jinoyatchilikni jilovlash, sodir yetilayotgan og‘ir va o‘ta og‘ir turdagi jinoyatlarni oldini olish borasida tumanda qator ishlar amalga oshirilmoqda.
“Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida mahallalarda ijtimoiy profilaktika tizimi samaradorligi va natijadorligini oshirish, kriminogen vaziyati og‘ir mahallalarda mahalla huquq-tartibot maskanlari faoliyati yo‘lga qo‘yilmoqda.
Umumta’lim maktablarida o‘quvchilar bilan “maktab–mahalla –oila” tamoyili asosida ishlar yo‘lga qo‘yilishi natijasida muntazam dars qoldiruvchi, ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan, boquvchisini yo‘qotgan, ota-onasi uzoq muddatga chet yelga ketgan hamda tarbiyasi og‘ir o‘quvchilar alohida diqqat-ye’tiborga olingan.
“Qizil toifa”dagi mahallalarda joylashgan ob’yektlar bosqichma-bosqich shartnoma asosida qo‘riqlovga olinib, ob’yektlarga “Hudud kamera nazoratida!”, “Ob’yekt qo‘riqlovda!” va “Xonadon qo‘riqlovda!” kabi stikerlar joylashtirilmoqda. “Xavfsiz tuman” yo‘nalishida yesa mahallalarda jinoyatlarning barvaqt oldini olish va ularni fosh yetish maqsadida zamonaviy videokuzatuv kameralari imkoniyatlaridan keng foydalanilmoqda.
Tumanimizda ichki ishlar va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan bilan hamkorlikda huquqbuzarliklar, jinoyatlarning oldini olishga qaratilgan tezkor profilaktik tadbirlar natijasida qator jinoyatlar fosh yetilib, jinoiy guruhlar faoliyatiga chek qo‘yildi. Bundan tashqari, Shahrisabz tumanidagi mahallalarda “Chilonzor tajribasi” asosida jinoyatchilikni oldini olish va kriminogen vaziyat barqarorligini ta’minlash ishlari jadal olib borilmoqda. Tumanda amalga oshirayotgan barcha ijobiy ishlar, profilaktik tadbirlar natijasida joriy yil 4 oyida tumandagi 12 ta mahallalarda kriminogen vaziyat barqarorligi ta’minlandi. Shundan, 41 ta mahallalarda jinoyatlar sodir yetilmadi.
Aziz yurtdoshlar! Muhtaram Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek, “Mening mahallamda jinoyat sodir bo‘lmasligi kerak” - degan tuyg‘u har bir fuqaroning shioriga aylanmog‘i lozim. Barchadan “Mening inspektorim” ilovasiga ulanishini va profilaktika inspektori bilan hamkorlik qilib, mahallalarimizni jinoyatchilikdan xoli hududga aylantirishga o‘z hissasini qo‘shishini so‘rab qolaman.
E’tiboringiz uchun rahmat!
