Shahrisabz tuman IIB boshlig‘i podpolkovnik Yo‘ldoshev Obidjon Zokirovichning tuman aholisiga murojaati
2026-03-04 10:50:00 / Rahbariyatning bayonotlari va nutqlari

MUROJAATNOMA
Hurmatli tumanimiz ahli! Mamlakatimiz hududida tinchlik va barqarorlikni ta’minlash, mahallalarda xavfsiz muhit yaratish, huquqbuzarliklarning oldini olish, fuqarolarimizning huquq va erkinliklarini himoya qilish — doimo eng muhim vazifalardan biri hisoblanadi.
Bugungi kunda yo‘l qoidalariga qat’iy rioya qilishni nazoratga olish muhim vazifaga aylandi. Mamlakatimizda hatto maktabgacha ta’lim muassasalarida ham yo‘l xavfsizligi qoidalari o‘rgatilmoqda.
Har bir jamiyatda kishilarning o‘zaro munosabatlarini to‘g‘ri yo‘lga solish, insonlarni turli zarar va ko‘ngilsizliklardan saqlash maqsadida yo‘l qoidalari joriy qilinadi. Hozirgi paytda bular xalqaro qoidalar darajasiga yetgan. Ushbu qoidalarga amal qilish hamma uchun zarur va majburiydir.
Hurmatli tumandoshlar, avtotransport vositalaridan foydalanishda yo‘l harakati qoidalariga amal qilmasdan, belgilangan meyoriy tezlikdan oshirish, qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketishi natijadasida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lib, insonlarning hayotdan bevaqt ko‘z yumishi, bolalar otasiz va onasiz qolib ketishi kabi ayanchi holat bilan tugamoqda.
Misol uchun 2026-yilda tumanda 1 ta yo‘l-transport hodisalari yuz bergan bo‘lib, shunda 1 nafar harakat ishtirokchilari vafot etgan bo‘lsa, yo‘l transport xodisasi natijasida turli shaxslar turli ko‘rinishdagi og‘ir jarohatlar olib sog‘lig‘ini yo‘qotgan.
Ushbu yo‘l-transport hodisalarining kelib chiqishi sabablari o‘rganilganda, shaxslarning e’tiborsizligi va ehtiyotsizlik oqibatida kelib chiqqanligini ko‘rishimiz mumkin.
Biroq qoidabuzar haydovchilarimiz tomonidan yo‘l harakati qoidasiga amal qilmasdan harakatlanish holatlari ko‘p aniqlanmoqda.
Misol, 2026 yilning 2 oyi davomida tuman IIB JXX YHXB tomonidan 18 nafar transport vositasini mast holda boshqargan, 16 nafar transport vositasini tegishli xujjatlarsiz boshqargan, 3 nafar qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib harakatlangan, 8 nafar svetaforning taqiqlovchi chirog‘iga bo‘ysunmasdan harakatlangan, 6 nafar IIO xodimlari qonuniy talablarini bajarmasdan harakatlangan, 12 nafar odam tashish qoidasini buzib harakatlangan haydovchilar va eng achinarlisi, 7 nafar hali voyaga yetmagan hech bir hujjatlarsiz transport vositasini boshqarib yurgan haydovchilar aniqlanib tegishli tartibda choralar ko‘rilgan.
Yuqoridagi tahlillar va raqamlar shundan darak beradiki yo‘l harakati qoidalariga amal qilishni har bir tumanimiz aholisiga uqtirish va uni ongiga singdirish eng dolzarb vazifalardan biriga aylanib ulgurdi.
Aziz tumanimiz aholisi, hurmatli yo‘l harakati ishtirokchilari, haydovchilar!
Biz Shahrisabz tumani IIB xodimlari bu yo‘nalishda qattiq nazoratni ko‘chaytirib, kelgusida yo‘l-transport hodisalarini oldini olishga qaratilgan barcha zaruriy choralarni ko‘rib boramiz. Sizlardan yo‘llarda yo‘l harakati qoidalariga qattiy amal qilib, o‘zingiz va o‘zgalarning hayotini xavf ostiga quymasliklaringizni so‘rayman.
Zero, har bir insonga umr bir marotaba beriladi uni qadriga yetib go‘zal hayot kechirish har birimizning o‘z qo‘limizda.
Yo‘llarda doimo yo‘l harakati qoidalariga amal qiling voyaga yetmagan farzandlaringizga transport vositasini boshqarishiga ruxsat bermang.
Yo‘llaringiz doimo ravon va xavfsiz bo‘lishini tilayman!
