O'g'ir ahvoldagi bemorlar holidan xabar olindi
2026-03-01 14:45:00 / Yangiliklar

Haftaning yakshanba kuni Shahrisabz tumani hokimi Samad Xasanov ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i O. Yo‘ldoshev hamda tuman tibbiyot birlashmasi rahbari bilan birgalikda tuman Tibbiyot birlashmasida bo‘lib, bemorlar holidan xabar oldi.
Tashrif davomida shifoxonaning ginekologiya, xirurgiya va jarrohlik bo‘limlarida davolanayotgan og‘ir bemorlar ko‘zdan kechirildi, ularning davolanish jarayoni, yaratilgan shart-sharoitlar va tibbiy xizmat sifati bilan yaqindan tanishildi. Shifokorlar bilan suhbatlashilib, har bir bemorga sifatli va o‘z vaqtida tibbiy yordam ko‘rsatish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, mavjud muammolarni bartaraf etish, dori-darmon ta’minoti va tibbiy jihozlar bilan ta’minlanganlik darajasini yaxshilash yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi. Inson salomatligi ustuvor vazifa ekani alohida ta’kidlandi.





